Yoshlar tashkiloti tomonidan 20 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining Markaziy boshqaruv apparatida faoliyat yuritayotgan yoshlarning salmog‘i tahlil qilindi.

Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonovaning ma’lum qilishicha, vazirlik va idoralar markaziy apparatida 849 nafar mutaxassisdan 121 nafari (14,3%) mas’ul (rahbar) lavozimlarda faoliyat yuritishadi.

Bu bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (47,3%) va eng past ko‘rsatgich Sog‘liqni saqlash vazirligi (0%) hamda Tashqi ishlar vazirligida (0%) kuzatilgan.

Foto: Dilnozaxon Kattaxonova

Vazirlik va davlat idoralarida faoliyat yuritayotgan 849 nafar yosh mutaxassisning 210 nafarini (24,7%) yosh xotin-qizlar tashkil etadi.

Yosh mutaxassislar orasida gender tengligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Suv xo‘jaligi vazirligida (65,2%) va Adliya vazirligida (50%) kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Iqtisodiyot va sanoat vazirligida (4,3%), Tashqi ishlar vazirligida (4,8%), Jismoniy tarbiya va sport vazirligida (6,7%), Qishloq xo‘jaligi vazirligida (6,9%) qayd etilgan.