Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etish uchun 2 oktyabr kuni Nukusga jo‘nab ketdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Safar davomida, shuningdek, bunyodkorlik ishlari, yangi korxonalar faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesiga 5 ta, xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlariga 9 ta saylov okrugida bo‘shab qolgan o‘rinlarga o‘tkazilgan deputatlar saylovi yakunlarini e’lon qilgan edi.