Belarus Litva va Polsha bilan chegaralarini yopmoqda, Ukraina bilan chegara nazorati esa kuchaytiriladi

Foto: BELTA

Belarus Litva va Polsha davlatlari bilan chegaralarini yopmoqda, hamda Ukraina bilan chegara nazoratini kuchaytirmoqda. Bu haqda Aleksandr Lukashenko 17 sentabr kuni Minskda «Belarus uchun» ayollar forumida aytdi. Aleksandr Lukashenkoning ta’kidlashicha, mamlakatda mavjud bo‘lgan vaziyat Rossiya bilan birgalikda ittifoq davlatining umumiy mudofaasini shakllantirishga majbur qildi. «Biz, ularning keyingi qadamlarini bilmaymiz. Issiq urushni boshlashdan oldin ularning arsenalida „fokuslar“ juda kam qolganligini tushunamiz. Shuning uchun, yuqorida aytib o‘tganimdek, qo‘shinlarni ko‘chalardan olib chiqishga, armiyaning yarmini qurollantirishga va g‘arbdan davlat chegarasini yopishga majbur bo‘layapmiz», — dedi prezident. — Gazeta.uz

Koronavirusning keng tarqalishi Yevropa hududining iqtisodiyoti uchun eng katta tahdid bo‘lishi mumkin

Koronavirus holatlarining qaytadan ko‘payishi, Yevropa hududining iqtisodiyotini tiklash uchun eng katta tahdiddir, deydi mutaxassilar. Iqtisodchilarning gaplariga ko‘ra, ishsizlikning o‘sishi va inflyatsiya kelgusi yilda salbiy hodisalarni yaratishi mumkin. «Yoz oylarida COVID-19 infeksiyasining keng tarqalgani sababli samarali vaksinasiz kasallikni to‘xtatish qiyin bo‘lishini ko‘rdik», — deydi ING bosh iqtisodchisi Piter Xout. «Shuningdek, hozirgi tanazzul ishsizlikning ko‘payishiga olib kelishi mumkinligi haqida xavotir mavjud… (va) biz iste’mol salohiyatini kamayishiga olib keluvchi ehtiyot choralarini inkor eta olmaymiz», — deydi mutaxassis. — Reuters

Pyotr Poroshenkoga nisbatan 58 ta jinoiy ish ochildi

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoning advokati Ilya Novikov uning mijoziga qarshi 58 ta jinoiy ish bo‘yicha tergov jarayoni olib borilishini aytdi. «Bizdan doimiy ravishda Poroshenkoning ro‘yxatidagi jinoiy ishlarning soni qancha ekanligini so‘rashadi. Shunga qaramay, biz u yerda o‘zimiz bilmagan narsa yo‘qligiga amin bo‘la olmaymiz, ammo hozirgi kungacha jinoiy ishlar soni 58 tani tashkil etadi» — deydi sobiq prezidentning advokati. — RIA Novosti

Jo Bayden Rossiyani AQSHning raqibi deb atadi

Foto: twitter.com/JoeBiden

Demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lgan Jo Bayden, Rossiyani AQSHning raqibi deb atadi. Jo Baydenning Pensilvaniyadagi nutqi paytida jurnalistlardan biri nomzod Moskvani Vashingtonning dushmani deb biladimi, deb so‘radi. «Menimcha, Rossiya raqib. Va men haqiqatan ham shunday deb o‘ylayman, — dedi Bayden. Nomzod, shuningdek, Xitoyni AQSHning jiddiy raqibi deb bilishini ta’kidladi. Bundan tashqari, Bayden Moskvaning AQSHdagi saylov jarayonlariga aralashishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi — «Ular buning uchun haq to‘lashadi va bu iqtisodiy to‘lov bo‘ladi». — lenta.ru

Oculus kompaniyasi yangi «Quest 2» VR qurilmasini taqdim etdi

Foto: oculus.com

Facebook sho‘’ba kompaniyasi, ya’ni Oculus o‘zining yangi «Quest 2» VR (virtual reallik) qurilmasini namoyish etdi. Virtual reallik uskunasining ikkinchi avlodi avvalgisiga nisbatan yengilroq va ixchamroq qilib ishlab chiqarildi. Bosh tasmasini mato materialiga o‘zgartirilganligi, uni foydalanish uchun yanada qulay qildi, deya ta’kidlashmoqda kompaniyada. Asosiy o‘zgarishlar sifatida qurilmaning ichki qismlari, aynan, VR displeylari va uskuna platformasining yangilanishi aytildi. Kompaniyada OLED matritsalarini ishlatishdan voz kechildi, bunga foydalanuvchilarning shikoyatlari sabab bo‘ldi. Yangi qurilmada 1832×1920 piksel o‘lchamdagi ikkita IPS ekrani o‘rnatilgan. — Oculus.com