2 sentyabr kuni O‘zbekistonda 304 ta koronavirus holati aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 2 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, Xorazm viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 219 nafar bemor sog‘aydi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 42 540 nafar bemordan 39 883 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 328 nafar bemordan 365 nafari og‘ir, 176 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.