Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 1 sentabr kuni mamlakat xalqiga murojaatida qishloqlarda hokimlik (akim) lavozimiga saylovlar o‘tkazishni taklif qildi, deya xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

U o‘z murojaatida келгусидаги barcha siyosiy islohotlar xalqning boshqaruvda faolroq ishtirok etishiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

«So‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, jamiyat qishloq akimlarini saylash tarafdori. Bu e’tibor va izchillik bilan yondashish kerak bo‘lgan muhim qadam. Biz ushbu tizim qanday ishlashini aniq anglab olishimiz kerak. Biroq ushbu masalani hal qilishni keyinga qoldirmaslik kerak. Bir qator qishloq akimlarining vakolat muddati kelasi yil tugaydi. Men qishloq hokimlari saylovlarini o‘tkazish lozim deb o‘ylayman», — dedi Toqayev.