️Komissiya qarori bilan tegishli soha mas’ullariga barcha turdagi xalqaro qatnovlarni (avia, temir yo‘l va avtomobil) tiklash bo‘yicha xorijiy malakatlar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi. Bu haqda «Koronavirus Info» Telegram-kanali xabar qildi.

Qayd etilishicha, Koronavirus pandemiyasi davrida muntazam xalqaro aviaqatnovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik yo‘riqnoma tasdiqlanmoqda. Mazkur vaqtinchalik yo‘riqnoma 1 sentyabrdan e’tiboran kuchga kirishi hamda mazkur yo‘riqnoma kuchga kirgandan so‘ng xorijdagi fuqarolarni to‘lov asosida mehmonxonaga karantinga joylashtirish sharti bilan charter qatnovlarini tashkil etish bo‘yicha turoperatorlar hamda aviakompaniyalarga ruxsatnomalar berish amaliyoti to‘xtatilishi, shu bilan birga avval berilgan ruxsatnomalar 1 oktyabrga qadar amal qilishi belgilab qo‘yildi.

️Shuningdek, qo‘shni davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan va respublikaga vaqtinchalik olib kirilgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishiga ruxsat berildi hamda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida boshqa xorijiy davlatlar avtotransport vositalarini qaytarib olib chiqish muddati 2020 yil 1 noyabrga qadar uzaytirildi.