31 avgust kuni O‘zbekistonda 365 ta koronavirus holati aniqlandi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

️Bugun Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent hamda Namangan viloyatlarida jami 456 nafar bemor sog‘aydi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 41 893 nafar bemordan 39 275 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2298 nafar bemordan 275 nafari og‘ir, 147 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.