28 avgust kuni dunyoga Marvel kompaniyasining «Qora qoplon» (Black Panther) filmida Qirol Tchalla yoki superqahramon qora qoplon roli bilan tanilgan Chadvik Bozman 43 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda Chadvik Bozmanning Twitter dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

«Katta qayg‘u bilan ma’lum qilamizmki, Chadvik Bozman olamdan o‘tdi. 2016 yili Chadvikda yo‘g‘on ichak saratoni kasalligining uchinchi bosqichi tasdiqlangan edi va u kasallik to‘rtinchi bosqichiga o‘tmaguncha 4 yil mobaynida oxirgacha kurashdi. U o‘z uyida, oilasi davrasida hayotdan ko‘z yumdi», — deyiladi Chadvik Bozmanning Twitter sahifasida.

Uning olamdan o‘tishi munosabati bilan o‘z ta’ziyasini AQSHda prezidentlikka nomzod Jo Bayden, Marvel Studios kompaniyasining prezidenti Kevin Faygi va boshqalar bildirdi.




Ma’lumot uchun, serdaromadli ($1,3 mlrd) va birinchi qoratanli superhaqramon («Qora qoplon») haqidagi filmdan tashqari, Chadvik Bozman «42», «Marshall», «Get on Up» filmlaridagi bosh rolni ijro etishi bilan shuhrat topgan.