29 avgust kuni O‘zbekistonda 337 ta koronavirus holati aniqlandi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 412 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 41 160 nafar bemordan 38 359 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2492 nafar bemordan 276 nafari og‘ir, 138 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.