Navoiy viloyati hokimi Kobul Tursunov Toshkent shahrida davom etgan ma’lum muddat davolanishdan so‘ng to‘liq sog‘aydi hamda o‘z faoliyani davom ettirishga kirishdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, Kobul Tursunov viloyat hokimligining mas’ul xodimlari — hokim o‘rinbosarlari, kotibiyat mudirlari, guruh rahbarlari hamda boshqa mutasaddilar bilan o‘tkazgan dastlabki yig‘ilishida hududlarda olib borilayotgan islohotlarni tizimli va izchil davom ettirish hamda yangi bosqichga olib chiqish, aholi orasida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq har qanday muammolarni oqilona bartaraf etish yo‘llari borasida o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Oldinroq Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ham koronavirusdan to‘liq tuzalib, vohaga qaytganligi haqida xabar berilgan edi.