«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda kechki ovqat uchun eng mazali taomlar retseptlarini taqdim etadi.
Go‘sht Say
Uy sharoitida ham bunday taom tayyorlash juda oson bo‘lib, buning uchun faqatgina — qozon, go‘sht, va sabzavotlar, asosiysi juda ham kam vaqt kerak bo‘ladi.
Mol go‘shtidan tayyorlangan jarkop
Xushbo‘y, qaynoqina kartoshka va go‘sht bilan tayyorlangan jarkop juda to‘yimli taomlarimizdan biri hisoblanadi.
Qiymadan tayyorlangan «qush uyasi» taomi
Bunday ko‘rinishdagi yegulik kattayu kichikka birdek manzur bo‘lib, bayram va har kunlik dasturxonni bezab turadi.
Tovada makaronlar bilan pishirilgan tovuq go‘shti
Bu taom juda to‘yimli bo‘lib, tez tayyorlanishi va ajoyib ta’mi tufayli kechki ovqat uchun juda to‘g‘ri tanloav bo‘la oladi.
«Teriyaki» tovuqli taomi
Bu taom nafaqat mazali, balki ishtaha ocharligi sabab ham, uni bayram dasturxonlarida tayyorlashingiz ham mumkin.
Tovuqli toblatma
Kechki ovqat uchun tez tayyorlaniladigan ushbu toblatma ajoyib ta’mi bilan barchaga yoqishi aniq. Sabzavotlar va rayhonning xushbo‘y hidi esa yaqinlaringizning ishtahasini ochishi turgan gap.
Guruch va sabzavotlar bilan pishirilgan tovuqli taom
Sabzavotlar va tovuq solib pishirilgan guruchli taom juda to‘yimli bo‘lib, issiqligida ham, ertasi kuni isitib yeyishga ham juda qulay.
Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.