7 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28 809 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 136 nafari Toshkent shahrida, 130 nafari Toshkent viloyatida hamda 8 nafari Qoraqalpog‘istonda tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 9043 kishi davolanmoqda. Ulardan 728 nafari og‘ir, 217 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 19587 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 39 yoshli B.S. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli L.K. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani ma’lum qilindi. Shu vaqtga qadar COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 179 nafarga yetdi.