Hozirda O‘zbekistonda bo‘lgan xorijlik fuqarolar uchun vizalar muddati avtomatik ravishda 1 noyabrgacha uzaytiriladi. Bu haqda Turizm davlat qo‘mitasi Respublika maxsus komissiyasining 30 iyuldagi qaroriga tayanib ma’lum qildi.

Ushbu fuqarolarga jarima solinmaydi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 16 martdan boshlab xorij davlatlari bilan temir yo‘l va havo aloqalarini to‘xtatgan. Shundan buyon chet elliklar uchun vizalar muddati bir necha bor uzaytirildi.