Hafta boshidan respublikada ob-havo quruq va issiq bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Iyul oyining oxiri va avgustning ilk kunlarida kuzatilgan yomg‘irli va past haroratli qisqa muddatli davrdan so‘ng respublika hududida ob-havo yana quruq, asosan kam bulutli va issiq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 36−39 darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa 20−23 daraja atrofida bo‘ladi. Sinoptiklar avgust oyining birinchi yarmida bunday ob-havoning kuzatilishi normal holat deyishmoqda.

Faqat mamlakatning shimoliy hududlari Volgabo‘yi ustida shakllangan balandlikdagi siklon bilan bog‘liq bo‘lgan nam va salqin havo oqimi ta’sirida bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida bulutlilik ortadi, 4−5 avgustda shamol tezligi sekundiga 15 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat bu hududlarda 30−33 daraja atrofida bo‘ladi.