31 iyul kuni O‘zbekistonda 738 ta koronavirus holati aniqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, yangi holatlarning 111 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida, 627 tasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, juma kuni Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 784 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 24 009 nafar bemordan 14 464 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 60 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 404 nafar bemordan 594 nafari og‘ir, 197 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.