31 iyul, juma kuni Iydul-Azho — Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘ladi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston musulmonlari idorasi.

Xabarga ko‘ra, Misrdagi «Dorul Ifto» fatvo hay’ati tomonidan hijriy 1441 yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisob bo‘yicha 22 iyul kuniga to‘g‘ri kelayotgani e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida haj ibodatini ado etayotganlar cheklangan adaddagi mahalliy ziyoratchilar 30 iyul, arafa kuni Arafot tog‘ida jam bo‘ladilar.

«31 iyul, juma kuni esa Zulhijja oyining 10-kuni bo‘lib, Islom olamidagi eng ulug‘ bayram Iydul-Azho — Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘ladi, insha Alloh», — deyiladi xabarda.