O‘zbekiston muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov Islom dinida, xususan, kiyinishda haddidan oshish holatlarini tanqid qildi. “Bizning mazhabimiz ayollar ma’lum bir kiyimni kiyishiga buyurmagan, qora kiysin, yuzini berkitsin, degan narsa bizning mazhab ko‘rsatmasida yo‘q”, — dedi muftiy.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunni qabul qildi. Unga ko‘ra, ota-onalarga farzandlariga uy sharoitida din asoslarini o‘qitishga ruxsat berilmoqda. Shuningdek, fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘ymaslik talabi bekor qilinadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 31 iyul kuni Islom olamidagi eng ulug‘ bayram Iydul-Azho — Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘lishini e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting