Koronavirus infeksiyasiga chalingan va saraton kasalligidan davolanib kelgan bemor vafot etdi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Qayd etilishicha, poytaxtda yashovchi 77 yoshli N. G. shu yilning 7 iyunidan 16 iyungacha Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yurak ishemik, gipertoniya, qon aylanish yetishmovchiligi, o‘ng sut bezi saratoni, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘pka shishi tashxisi bilan davolangan.

Shu yilning 23 iyun kuni unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

U oxirgi 10 yil davomidayurak ishemik, gipertoniya va onkologik xastalik kabi qator tashxislar bilan davolanib kelgan.

Bemorga (ayol)Sog‘liqni saqlash vazirligining qator yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Shu yilning 2 iyul kuni standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemoro‘tkir yurak qon-tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan.