1 iyul kuni O‘zbekistonda 278 holatda koronavirus qayd etilib, jami holatlar 8781 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Shundan 218 nafari Karantin muassasalarida, 50 nafari aholi orasida (shundan 35 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Buxoro viloyatida, yana 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 4 nafari Xorazm viloyatida, 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida), 10 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, tibbiyot muassasalarida 165 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 126 nafar, Qashqadaryo viloyatida 18 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar, Samarqand viloyatida 7 nafar) sog‘aydi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8781 nafar bemordan 5847 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2907 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

️Hozirda uy karantinida 40311 nafar, statsionar karantinda esa 24576 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.