Hindistonning janubidagi Karnataka shtatida COVID-19dan vafot etganlar jasadlariningi chuqurlarga uloqtirilgani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Jamoatchilikning qizg‘in noroziligiga sabab bo‘lgan holat yuzasidan rasmiylar uzr so‘radi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Shtatning Bellari tumanidagi davlat amaldorlari bu tasvirlar haqiqiy ekanligini tasdiqladilar va oilalardan uzr so‘rashdi.

Jasadlar bir necha kun oldin COVID-19 dan vafot etgan sakkiz kishiga tegishli bo‘lgan.

Karnatakada COVID-19 sabab 246 nafardan ortiq inson olamdan o‘tdi. Bunday ko‘rsatkichlarga qaramay, ushbu shtat kasallikka qarshi samarali kurasha olayotgan hududlardan biri hisoblanadi.

“Biz vafot etganlarning oilalaridan uzr so‘ragan holda xat yubordik. Biz bundan juda xafa bo‘ldik va juda afsusdamiz. Biz jasadga bunday munosabat qilinishini oqlay olmaymiz” — dedi tuman yuqori amaldorlaridan biri SS.Nakula.

Uning so‘zlariga ko‘ra, videodagi erkaklar jamoatchilik ishlaridan olib tashlangan va ularning o‘rniga jasadlarga bilan vijdonan yondashadigan boshqa guruh paydo bo‘ladi.

Hindistonda COVID-19 juda katta ko‘rquv uyg‘otgan. Odamlar ushbu kasallikka chalingan odamlardan qochishmoqda, tibbiy xodimlar kasallikdan vafot etgan insonlar jasadiga tegishdan qo‘rqqanlari sabab tanalar ko‘p hollarda tashlab qo‘yilmoqda.

Hindistonda tasdiqlangan holatlar soni 600 mingdan oshgan va mamlakat ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turibdi.