30 iyun kunidan boshlab Nukus shahri “qizil” toifali hududga kiritilishi sababli shaharda bir qator karantin cheklovlari kuchaytiriladi, deya xabar berdi Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi axborot xizmati.

Unga ko‘ra, shaharda jamoat transporti, buyum bozorlari, kafe-restoranlar, sartaroshxonalar, avtomaktablar faoliyati taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqqani hakda xabar bergandik. 26 iyun holatiga ko‘ra, Koraqalpog‘istonda shahar, tuman miqyosida karantin darajalari quyidagicha belgilangan:

“Yashil” hudud: Amudaryo tumani, Beruniy tumani, Qanliko‘l tumani, Qorao‘zak tumani, Kegeyli tumani, Mo‘ynoq tumani, To‘rtko‘l tumani, Chimboy tumani, Shumanay tumani, Ellikqala tumani, Taxiatosh tumani, Taxtako‘pir tumani, Bo‘zatov tumani, Nukus shahar, Xo‘jayli tumani.

“Sariq” hudud: Nukus tumani.

“Qizil” hudud: Qo‘ng‘irot tumani.