22 iyun kuni O‘zbekistonda 146 ta test natijalari koronavirus yuqtirilganini tasdiqlab, jami holatlar 6461 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining kunlik hisobotida so‘z boradi.

Yangi holatlarning 136 tasi karantin muassasalarida, 5 tasi aholi orasida (shundan 4 nafari Toshkent shahrida, 1 nafari Toshkent viloyatida), qolgan 5 tasi esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Ushbu infeksiyadan sog‘ayish ko‘rsatkichi esa 73 tani tashkil etmoqda. Ular Toshkent shahri, Buxoro va Namangan viloyatlaridagi tibbiyot muassasalaridan sog‘ayib chiqdi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan bemorlardan 4450 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 69 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1992 nafar bemordan 15 nafari og‘ir, 4 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

️Hozirda mamlakatda uy karantinida 35 690 nafar, statsionar karantinda esa 22 614 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.