Bir qator viloyatlarda turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hokimlarga yangi o‘rinbosar va maslahatchi lavozimlari joriy etildi. Bu prezidentning turizmni sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga bag‘ishlangan qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra ko‘yidagi lavozimlar joriy etildi:

  • Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
  • Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida hokimning turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi o‘rniga tegishlicha turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari.

Avvalroq Transport vazirligi mazkur qaror bilan Andijon xalqaro aeroportiga Zahiriddin Muhammad Bobur nomi berilganini xabar qilgan edi.