20 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6025 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Karantin марказидаги fuqarolar orasida, 9 nafari Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali O‘zbekistonga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 1733 kishi davolanmoqda. Ulardan 15 nafar bemor og‘ir ahvolda, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 4273 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. O‘n to‘qqiz kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Eslatib o‘tamiz, 19 iyun kuni davomida 179 ta COVID-19 holati qayd etilgandi.