Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi muassisligida UzAssets investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi. Bu haqdagi tegishli qaror Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga joylashtirildi.

Qarorga muvofiq, davlat ishtirokidagi korxonalarning investitsiyaviy jozibadorligini ta’minlash uchun sotishdan oldin tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish va salohiyatli investorlarga sotish orqali xususiylashtirishning muvaffaqiyatli natijalarini ta’minlash bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida UzAssets investitsiya kompaniyasi tashkil etildi.

Mazkur kompaniyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • davlat aksiya paketi (ulushi) ustav kapitaliga berilgan korxonalarni sotishdan oldin tayyorlash, shu jumladan ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, bu borada samarali mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha xorijiy, xalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish;
  • korxonalar faoliyatini kompleks tahlil qilish (due diligence), jumladan, investitsiyaviy tahlil qilish, «benchmarking» usulida taqqoslash orqali rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlarini belgilash;
  • korxonalarning daromadlilik normasini xalqaro amaliyotdagi mezonlar (IRR, NPV, EBITDA va boshqalar) asosida tahlil qilish;
  • ustav kapitaliga berilgan aksiya paketlarini (ulushlarini) samarali boshqarish, korxonalarni ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh korxonalarga aylantirish;
  • salohiyatli investorlarning ro‘yxatini (short-list) shakllantirish;
  • investitsiya vositachilarini jalb etgan holda, «Road Show» dasturlarini ishlab chiqish va maqsadli auditoriyalar uchun taqdimotlar
    o‘tkazib borilishini tashkil etish;
  • iqtisodiyot tarmoqlarini uzoq muddatli rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqib, ustav kapitaliga berilgan aktivlarni
    salohiyatli investorlarga sotish orqali barqaror va muvaffaqiyatli xususiylashtirishni ta’minlash.

Ma’lum qilinishicha, UzAssets kompaniyasining ustav kapitali Agentlik huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi hisobidan 20,0 mlrd so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari hamda tegishli korxonalarning davlat aksiya paketlari (ulushlari) nominal qiymatida berish hisobiga shakllantiriladi.

Shuningdek, dastlabki bosqichda UzAssets investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga quyidagi 10 ta korxonaning davlat ulushlari beriladi: