Koronavirus holatlari aniqlangani sababli Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasi, Yunusobod dehqon bozori va Uchtepa tumanidagi “O‘rikzor” savdo kompleksi faoliyati to‘xtatildi, deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Bundan tashqari, shahardagi 71 ta mahalla epidemiologik nuqtai nazardan “qizil” hududga kiritilib, u yerlarda Koronavirusga qarshi respublika maxsus komissiyasi bayonnomasi bilan belgilangan choralar qo‘llaniladi.

“Mazkur mahallalarga kirish va chiqish joylari yopiladi va statsionar postlar o‘rnatilib, u yerda Toshkent shahar IIBB xodimlari, Milliy gvardiya xizmatchilari va sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati xodimlari navbatchilik qilishadi. Mahallalar hududlarida sutkalik navbatchilik tashkil qilinadi va qat’iy nazorat o‘rnatiladi”, — deyiladi xabarda.

Toshkent IIBB “qizil” hududda yashovchi fuqarolarga uydan faqat oziq-ovqat va dori mahsulotlarini xarid qilish uchun chiqish mumkinligini eslatib o‘tdi. Shu bilan birga albatta tibbiy niqob taqish zarur.

“Barchamiz holatning jiddiyligini anglab, sanitariya-epidemiologiya qoidalariga mas’uliyat bilan yondashishimiz kerak. O‘z sog‘lig‘ingizni va yaqinlaringizning salomatliklarini xavf ostiga qo‘ymang. Oddiy niqob ham virus tashuvchi va atrofdagilar orasida yaxshi to‘siq vazifasini o‘tashini unutmang”, — deyiladi bayonotda.

Epidemiologik xavf bo‘yicha “qizil” toifaga kiritilgan Toshkent mahallalari (tumanlar bo‘yicha) ro‘yxati:

Mirobod tumani: “Fayzobod”;

Mirzo Ulug‘bek tumani: X. Abdullayev nomidagi, “Oqqo‘rg‘on”, “Avayxon”, “Yangi Avayxon”, “Sho‘rtepa”;

Yunusobod tumani: “Tiklanish”, “Turkiston”, “Xalkabog‘”, “Iftixor”, “Nurmakon”, “Oqtepa”, “Sharq haqiqati”, “Sobirobod”;

Yashnobod tumani: “Ko‘ksaroy”, “Qo‘yliqobod”, “Go‘zal”, “Mashinasozlar”, “Tong”, “Katta-Qo‘ylik”, “O‘rta Masjid”;

Uchtepa tumani: “Bog‘iston”, “Nishabarik”, “Degrez”, “Takachi”, “Xayratiy”, “O‘rikzor”, “Ko‘rkamobod”;

Yakkasaroy tumani: “Muqimiy”, “Qushbegi”;

Shayxontohur tumani: “Shodlik”, O. Xujayev nomidagi, “Bog‘ko‘cha”, “Kamolon”, “Chaqar”, “Jangoh”, “Yangi Beltepa”, “Gulobod”, “Zafarobod”, “Eshonguzar”;

Sergeli tumani: “Habibiy”, “Yangi Sergeli”, “Ezgulik”, 8-chi va 9-chi sanoat hududlari;

Olmazor tumani: “Shodiyona”, “Istiqbol”, “Nihol”, “Yoshlik”, “Chig‘atoy Oqtepa”, “Gulzor”, “Ahil”, “Guruch ariq”, “Islom ota”, “Chuqursoy”, “Sebzor”, “Xonchorbog‘”, “Qushtut”, “Eski shahar”, “Universitet”, Mirzo G‘olib nomidagi, “Alloy”, “Olimpiya”, “Shifokorlar”;

Bektemir tumani: “Binokor”, “Abay”;

Chilonzor tumani: “Qatortol”, “Katta Qozirobod”, “Katta Chilonzor-2”, “Guliston”, “Yakka tut”.

10 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentiligi 42 ta mahallaning “qizil” hududga kiritilganini ma’lum qilgan edi.

Interaktiv xaritadan mahallar joyini bilish mumkin.