17 iyun kuni O‘zbekistonda 189 holatda koronavirus aniqlanib, jami holatlar 5682 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Yangi holatlarning 169 tasi Karantin muassasalarida, 13 tasi aholi orasida (shundan 5 nafari Toshkent shahrida, 3 tasi Buxoro viloyatida, yana 3 tasi Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Surxondaryo viloyatida), qolgan 7 tasi esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Shunigndek, 35 nafar fuqaro sog‘aydi. Ularning 31 nafari Toshkent shahridagi, 4 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5682 nafar bemordan 4131 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1532 nafar bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda.

️Hozirda uy karantinida 28 636 nafar, statsionar karantinda esa 22 055 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.