Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov O‘sh viloyati Aravon tumani aholisi bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston bilan yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni saqlashga intilishayotganini aytib o‘tdi.

Xabarga ko‘ra, qo‘shni mamlakat prezidenti Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdorligini bildirildi va ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni «uzoqdagi qarindoshdan, yaqindagi qo‘shni yaxshi», deya ta’rifladi.

«Uzoqdagi qarindoshdan, yaqindagi qo‘shni yaxshi». Qirg‘iz va o‘zbek xalqlari asrlar davomida do‘stlikda yonma-yon yashab kelishgan. Ota-bobolarimiz ikki xalqning birligini saqlab, bir-biriga yaqin edilar. Ikki mamlakat nafaqat jug‘rofiy jihatdan bir-biriga yaqin, balki bizda bitta tarix, bitta din, bitta til va o‘xshash urf-odatlar mavjud", — dedi Sooronbay Jeyenbekov.

Prezident so‘nggi yillarda Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida nafaqat savdo-iqtisodiy, balki madaniy-gumanitar aloqalar ham faol rivojlantirayotganini ta’kidladi.

«O‘zbekistonda prezidentlikka Shavkat Miromonovich Mirziyoyev kelishi bilan Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik mustahkamlandi. Biz yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni saqlashga intilamiz, barcha muammolarni hal qilamiz, buning uchun sabr va vaqt kerak. Biz farzandlarimiz va mamlakatimiz kelajagi uchun qo‘shni davlatlar bilan do‘stlikni mustahkamlash siyosatini davom ettiramiz, — dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi «Chashma» uchastkasida O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh hududlari aholisi o‘rtasida nizo kelib chiqqani haqida xabar berilgan edi. Shunda, ikki mamlakatning bosh vazirlari mazkur hodisa bo‘yicha birgalikda tergov harakatlari olib borishga kelishib olgandilar.

1 iyun kuni O‘zbekiston va Qirzig‘iston prezidentlari telefon orqali So‘xdagi ko‘ngilsiz voqeyalar bo‘yicha muloqot qilib, bunday vaziyat boshqa takrorlanmasligi uchun mukammal choralar qabul qilish muhim ekanini ta’kidlagandilar.

Shuningdek, 6 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahriga bo‘lgan tashrifi davomida «So‘xdagi voqealar qirg‘iz xalqi bilan do‘stligimizga, bordi-keldimizga, rejalarimizga ta’sir qilmasligi kerak», — degan edi.