12 iyun soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4837 (+18) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari poytaxtimizda (shundan 14 holatda aholi, 2 holatda esa karantinda tibbiy kuzatuvda bo‘lgan fuqaro orasida) qayd etilgan bo‘lsa, 2 nafari Litvadan Chinoz tumanidagi chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.

️Ayni paytda 3700 (+63) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aydi.

️Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1118 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.