Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov korrupsion holatda aybdor deb topilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.

Isoqov Bishkekdagi Davlat tarixi muzeyi va Cho‘lpon-Ota shahridagi ippodromni rekonstruksiya qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda aybdor deb topildi. Ushbu ikki holatning har biri uchun u 12 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

«Qisman muddatlarni qo‘shish ravishda sud 16 yillik qamoq jazosini tayinladi. Natijada, Bishkek issiqlik elektr stansiyasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ilgari chiqarilgan hukmga asosan, Sapar Isaqov 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi va jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi», deyiladi xabarda.

Shuningdek, sud Isoqovga 247,6 mln som (taxminan 3,3 mln dollar) jarima soldi.

Ma’lumot uchun, Sapar Isoqov 2017—2018 yillarda prezident Almazbek Atambayev rahbarligida Qirg‘iziston bosh vaziri bo‘lgan va bundan oldin Qirg‘iziston prezidenti apparatining direktori o‘rinbosari va kadrlar rahbari lavozimlarida ishlagan.