Yakshanba kuni O‘zbekistonda rekord darajada — 237 ta koronavirus holati aniqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi infeksiya Karantin markazida — 20, Toshkent shahrida — 195, Toshkent viloyatida — 10, Xorazm viloyatida — 8, Sirdaryo viloyatida — 4 ta qayd etilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, 86 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 73 nafari ️Toshkent shahridagi, 8 nafari Buxoro viloyatidagi, 4 nafari Navoiy viloyatidagi hamda 1 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqishdi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4331 nafar bemordan 3354 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 960 nafar bemordan 6 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 441 618 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 396 349 nafari karantindan chiqarilgan.

️Hozirda uy karantinida 23 362 nafar, statsionar karantinda esa 21 907 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

4331