Hukumat qarori bilan ayrim «chiroyli» raqamlarning boshlang‘ich narxlari va toifalari o‘zgardi, deya xabar beradi Adliya vazirligining rasmiy kanali.

Yangi tartibga ko‘ra, «chiroyli» raqamlar 6 ta toifaga ajratildi (ilgari 3 ta toifa edi).

Bundan tashqari, ayrim «chiroyli» raqamlarning boshlang‘ich narxlari va toifalari ham o‘zgardi.

Xususan, 333, 444, 666, 999 raqamlar kombinatsiyasi 1-toifadan 2-toifaga o‘tkazilgan bo‘lsa, 003, 004, 006, 008, 009, 030, 040, 303, 400, 404, 600, 900, 909 kabi raqamlar 2-toifadan 3-toifaga o‘tkazildi.

Toshkent shahridagi 2-toifa raqamlarining boshlang‘ich narxi agar ular har xil kombinatsiyadagi harflar bilan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (ilgari 40 baravar), bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari (ilgari 50 baravar) etib belgilandi.

Oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha beriladigan I, IA, III, IIIA tipidagi avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining ro‘yxati.