4 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3909 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining barcha 35 tasi Navoiy viloyatida aniqlangan. Shundan 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar, 8 nafari esa (6 nafari Navoiy shahrida, 1 nafardan Navbahor va Karmana tumanlarida) aholi orasida qayd etilgan.

Kun davomida COVID-19 holatlari soni 66 taga yetdi.

Shu bilan birga, ayni paytda O‘zbekistonda 3082 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor to‘liq sog‘aydi. Bunda, 4 nafar bemor Qoralpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasida va qolgan 64 nafari Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lgan.