O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati 2 iyun kuni o‘tkazilgan brifingda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv toshqini talofatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Xususan, Mirzaobod, Sardoba, Oqoltin tumanlarida joylashgan 6 ta qabristondagi 311 ta qabr qayta tiklandi.

5171 ta uy loyqadan tozalandi va 84 tonna chiqindi olib chiqildi. 4877 ta zarar ko‘rgan xonadon va 88 ta ijtimoiy soha ob’ektidagi hojatxonalar o‘rganilib, 4965 ta dezinfeksiya ishlari tugatildi.

62 mingga yaqin uy hayvoni kuydirgi kasalligiga qarshi emlandi. Nobud bo‘lgan 26 ta hayvonning jasadlari ko‘mildi va ko‘milgan joylar dezinfeksiya qilindi.

Bundan tashqari, Qozog‘istonda toshqin oqibatlarini bartaraf etish tadbirlari uchun Turkiston viloyati Maktaaral va Jetisay tumanlaridagi amaliy ishlarga 180 nafar shaxsiy tarkib va 89 ta texnika jalb etilgan.