O‘zbekiston viloyatlari o‘rtasida shaxsiy avtomobillarda harakatlanishga ruxsat berilmadi. Koronavirusga qarshi kurashish Respublika maxsus komissiyasi ushbu taqiqni o‘z kuchida qoldirdi.

Faqatgina Toshkentdan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent kiloyatidan poytaxtga kirish-chiqishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, «yashil» hududlarda joylashgan sanatoriy, pansionat, bolalar oromgohlari va boshqa dam olish maskanlariga fuqarolarni markazlashtirilgan tartibda tashish uchun viloyatlararo avtobuslar, shu jumladan turistik tashkilotlar avtobuslari qatnovini yo‘lga qo‘yishga ruxsat berildi.

Bunda avtobuslarda haydovchi va yo‘lovchilar tibbiy niqob, tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi lozimligi, shuningdek, ularning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 37 °C va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning avtobus saloniga chiqarilmasligi lozim.

Avtobuslar viloyatlaro qatnovlarda «qizil» hududlarda to‘xtamagan holda harakatlanadi.

Avtobuslar doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkaziladi.

Avtobuslarda harakatlanayotgan yo‘lovchilarning reyslar kesimidagi ro‘yxati (bazasi) yuritiladi.

Dehqon bozorlari va aholi gavjum bo‘ladigan hududlarda karantin talablariga rioya etilishini nazorat qiladigan ko‘ngilli guruhlar tuzish topshirildi.