Shanba kuni O‘zbekistonda 58 ta yangi koronavirus holati ro‘yxatga olindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Infeksiya qayd etilganlarning 33 nafari karantin muassasalaridan, 4 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 21 nafari (Toshkent shahri 11, Samarqand viloyati 8, Namangan viloyati 2) esa aholi orasidan aniqlandi.

Jumladan, avvalroq koronavirus aniqlanib, “O‘rikzor” bozorining karantinga yopilishiga sababchi bo‘lgan savdo majmuasi sotuvchisining o‘g‘li va qiziga ham infeksiyani yuqtirgani xabar qilindi.


Sh️uningdek, kun davomida 55 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. ️Ayni paytgacha kasallikka chalingan 3546 nafar bemordan 2783 nafari sog‘ayib, davolanish darajasi 78 foizni tashkil etmoqda. 749 nafar bemor respublikaning 7 xududidagi tibbiyot muassasalarida davolanishmoqda. Ulardan 6 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

️Bugun mamlakatda uy karantiniga 1379 nafar fuqaro olinib, 698 nafar fuqaro chiqarildi. Statsionar karantinga esa 1267 nafar fuqaro olinib, 1479 nafar fuqaro o‘z uyiga kuzatildi.