Zarafshon shahrida 650 o‘ringa mo‘ljallangan karantin maydoni qurilish ishlari boshlandi, deya Navoiy viloyati hokimi xabar berdi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, mazkur karantin maydonining qurilishi davlat rahbariyati tashabbusi bilan boshlangan. Ushbu qaror koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish va shaharda olib borilayotgan ishlab chiqarish jarayonlariga zarar yetkazmaslik maqsadida qabul qilinganligi ta’kidlandi.

Navoiy viloyati hokimligi karantin maydonining qurilishi uchun 10 gektar yer ajratilgani va bu yerda 650 o‘ringa mo‘ljallangan 98 ta konteyner joylashtirilishi rejalashtirilgani haqida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qurilish ishlarini bajarish uchun “Zarafshan Golden Group” MCHJ bosh pudratchi etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida epidemiologiik vaziyat chigallashgani sababli karantin qoidalari kuchaytirilib, viloyatda infeksiyaning asosiy uchog‘i bo‘lmish, Zarafshon shahri “qizil” hudud toifasiga kiritilgandi.