Farg‘ona viloyat televideniyesi muxbiri Usmonjon Qodirovga nisbatan chiqarilgan 15 kunlik ma’muriy qamoq muddati 2 kunga qisqartirildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

29 may kuni Farg‘ona viloyati ma’muriy sudi kassatsiya instansiyasi Farg‘ona viloyat televideniyesi muxbiri Usmonjon Qodirovga nisbatan Farg‘ona shahar ma’muriy sudining 27 maydagi qarorini o‘zgartirdi.

27 may kun kuni Usmonjon Qodirovga MJtKning 54-moddasi 1-qismi, 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

Kassatsiya instansiyasi birinchi instatsiya sudi Usmonjon Qodirovga nisbatan jazo tayinlashda aybiga iqrorligini, chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilada yagona boquvchi ekanligini inobatga olmay, bir muncha og‘ir jazo tayinlaganini tan oldi.

Kassatsiya instansiyasi qaroriga ko‘ra, 15 sutka qamoq jazosi o‘zgartirilib, 2 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazo tayinlandi. Bugun, 29 may kuni jurnalistga javob berilishi kutilmoqda. Shuningdek, Usmonjon Qodirov ma’muriy qamoq harajatlaridan ozod qilindi.

27 may kuni Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmatining «Facebook»dagi sahifasida «Gap yoshda emas, niyatda…» sarlavhali xabar qoldirilgan. Unda aytilishicha, Muxbir Daliyyev telegram kanalida Farg‘ona тyeлyeрадиокомпанияси muxbiri Usmonjon Qodirovning «Farg‘ona viloyatida Prezident tashrifiga tayyorgarlik yuqori darajada» sarlavhali xabari tarqatilgan. Unda, «zavod xodimlari yo‘l chetlarini tozalayotgani, lekin ular qaysi zavod ishchisi ekanligiga oydinlik kirita olmagani» aytiladi va «qachongacha bunday ishlar davom etadi… Katta rahbar kelsa shunga tayyorlanish kerak-mi?» degan savol qo‘yadi.

Hokimlik bayonotiga ko‘ra, Farg‘ona shahridagi yo‘llarni asfaltlash, gullarni sug‘orish, yo‘l chetlarini tozalash va obodonlashtirish shu ishlarga mas’ul idoralarning ishchilari tomonidan amalga oshirilgan. «Telemuxbir Usmonjon Qodirov ular kim, aslida qayerda ishlashini so‘rab so‘rishtirmay, aniqlik kiritmay turib „zavod ishchilari“ deya axborot tarqatgan», — deyiladi hokimlik bayonotida.

Bundan tashqari, «Ozodlik» radiosi Marg‘ilondagi «Hunarmandlar markazi»da зарарсизлантириш ishlarini olib borayotgan oq kiyimdagi viloyat SEOM мутахассисlarини «Marg‘ilon shahar sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari» deya yolg‘on axborot berganligi, ushbu holat bo‘yicha Marg‘ilon shahar hokimligi Axborot xizmati dalillar bilan asoslangan bayonot bergani va undan xabardor bo‘lganiga qaramay Usmonjon Qodirov ijtimoiy tarmoqda «Menimcha Marg‘ilondagi shifokorlar bo‘yicha gaplar ham rostga o‘xshaydi» deb yozganligi aytiladi.

Farg‘ona viloyati hokimligi Axborot xizmati vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Farg‘ona viloyat тyeлyeрадиокомпанияси muxbiri Usmonjon Qodirov bilan yuzma-yuz suhbatlashgan. Unda Usmonjon Qodirov «shoshma-shosharlik bilan masalani o‘rganmay, dalillarni tekshirmay turib yolg‘on axborot» tarqatganini tushunib yetganini bildirgan, buning sababini «yoshlik qilganimda» deya izohlagan hamda ijtimoiy tarmoq фойdaланувчиlarиdaн uzr so‘ragan.

Sud qarorida aytilishicha, Usmonjon Qodirov 27 may kuni soat 15:30 lar atrofida Farg‘ona viloyat hokimligi binosi oldida yuziga niqob taqmasdan ketayotgan bo‘lgan. Uni shu hududda xizmat vazifasini bajarayotgan Farg‘ona shahar IIB profilaktika inspektori M.Hamraliyev to‘xtatib, shaxsini aniqlash uchun IIB tayanch punktiga borishi lozimligini aytgan.

Sud hujjatida keltirilishicha, Usmonjon Qodirov IIB xodimini qonuniy talablarini bajarmasdan, huquqbuzarlik harakatlarini davom ettirgan va M.Hamraliyevni uyatli so‘zlar bilan so‘kib, baqir-chaqir qilib, fuqarolarning osoyishtaligini buzgan.

Usmonjon Qodirov kassatsiya shikoyatida, sud qilmishidan pushaymonligini va jabrlanuvchidan kechirim so‘raganligini inobatga olmasdan og‘ir jazo tayinlagani sababli, jazoni yengillashtirishini so‘ragan. O‘z navbatida, M.Hamraliyev ham Usmonjon Qodirov undan kechirim so‘ragani sababli uni kechirganini, unga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini inobatga olib sud tomonidan tayinlangan ma’muriy qamoq jazosini yengillashtirishni so‘radi.

Kassatsiya instansiyasi sudi, kassatsiya shikoyatlarini ish materiallariga qo‘shib, tekshirib chiqib, ish materiallarini tahlil qilib, quyidagi asoslarga ko‘ra sud qarorini o‘zgartirib, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni lozim topdi.

Qayd etilishicha, kasatsiya instansiya sudida jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etgan Farg‘ona hokimligi matbuot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov Usmonjon Qodirovni ijobiy tavsiflagan va qilmishidan pushaymonligini inobatga olib, unga nisbatan qonunda nazarda tutilgan yengillik berishni so‘ragan.

18:56 da xabar to‘ldirildi: Jurnalist ozod qilindi.