29 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3463 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, yana 2 nafari Sirdaryo viloyatida Qozog‘iston orqali kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

15 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan bo‘lib, shundan 10 nafari Sharjadan, 3 nafari Novosibirskdan charter reys bilan kelgan, qolgan 2 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan.

Ayni paytda mamlakatda 2694 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.

Ma’lum qilinishicha, Respublika bo‘ylab COVID-19 infeksiyasidan 755 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafari og‘ir ahvolda va 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.

️Hozirda O‘zbekistonda 46 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan, dedi Nurmat Otabekov.