28 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3396 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Shuningdek, Toshkent shahrida 7 nafar aholi orasida, Samarqand viloyatida 1 nafar aholi orasida, Toshkent viloyatida esa 1 nafar aholi orasida, 2 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 2668 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.

Bosh davlat sanitariya nazoratchisi Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, Respublika bo‘ylab COVID-19 infeksiyasidan 714 kishi davolanmoqda, ulardan 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, 4 nafari esa og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.

️Hozirda O‘zbekistonda 46 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan, dedi Nurmat Otabekov.