26 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3261 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Unga ko‘ra, yangi aniqlangan kasallanish holatlarining barchasi xorijdan kelgan fuqarolar bo‘lib, ulardan 44 nafari Rossiyadan (Qozog‘iston orqali) O‘zbekistonga kirib kelgan va karantinga olingan. Qolgan 2 nafari chegara posti orqali Rossiyadan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bo‘lib, 1 nafari Sirdaryo viloyatiga, yana 1 nafari Toshkent viloyatiga kirib kelgan.

Ayni paytda yurtimizda 2607 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.

Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 641 kishi davolanmoqda, ulardan 2 nafarining ahvoli og‘ir va 1 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.