O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Fuqarolik-huquqiy munosabatlarni rivojlantirish boshqarmasi va Ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish va monitoringini yuritish boshqarmasi tashkil etildi.

Hujjatga ko‘ra, Namangan shahri va Qarshi tumanida eksperiment tariqasida tuman (shahar) adliya bo‘limlari huzurida davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi.

Yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari byudjetdan moliyalashtiriladigan tuman (shahar) davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga tashkil etiladi.

Ular tegishli tashkilotda qonun hujjatlari bilan yuridik xizmatlarga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi.

Eksperiment natijasiga ko‘ra ushbu tizim respublikaning barcha hududlariga tatbiq etiladi.