14 may kuni Toshkent vaqti bilan 21:16 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Zilzila o‘chog‘i Toshkentdan 197 km sharqiy yo‘nalishdi, 14 km chuqurlikda joylashgan. Epitsentrda magnituda 4,3 ni tashkil etdi.

Zilzila kuchi O‘zbekiston hududida:

  • Toshkent : 197 km, 2 ball;
  • Namangan : 30 km, 5 ball;
  • Andijon : 84 km, 3 ball;
  • Farg‘ona : 99 km, 3 ball.