14 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2620 (+8) nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

8 nafar yangi kasallanish holatining 4 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 4 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan, deyiladi xabarda.

Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, 1 nafari esa Qozog‘istondan kelgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2076 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan. Mamlakatda davolanayotgan 533 nafar bemordan 11 nafari og‘ir ahvolda deyilmoqda.