13-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2612 nafarни tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Kunlik COVID-19 o‘sish ko‘rsatkichi 65 taни tashkil etdi (kecha — 61 ta edi).

Kun davomida Qoraqalpog‘istonda 3 ta, Namanganda 6 ta, Samarqandda 10 ta, Sirdaryoda 2 ta hamda Toshkent va poytaxt viloyatida 44 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi. Yangi holatlar xorijdan charter reys bilan olib kelinayotgan va karantinda saqlanayotgan fuqarolar orasida qayd etilmoqda.

Shuningdek, ayni paytda mamlakatda 2076 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aydi, kunlik o‘sish — 36 ta. Mamlakatda davolanayotgan 525 nafar bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda. Mamlakatda koronavirus infeksiyasidan davolanish ko‘rsatkichi 79 foizni tashkil etmoqda. Hozircha Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari 100 foiz, Farg‘ona 99 foiz, Buxoro 98 foiz, Andijon 96 foiz bilan eng yuqori sog‘ayish ko‘rsatkichlari qayd etilmoqda.

Samarqandda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Mamlakat bo‘yicha koronavirusdan vafot etgan soni 11 nafarга yetdi.

Hududlar bo‘yicha COVID-19 statistikasi

  • Qoraqalpog‘iston — 120 ta holat (+3), 110 bemor sog‘aygan (+1, 92 foiz), 10 bemor qolgan;
  • Andijon viloyatida — 169 ta holat, 162 bemor sog‘aygan (96 foiz), 7 nafar qolgan;
  • Buxoro viloyatida — 440 ta holat, 433 bemor sog‘aygan (+6 ta, 86 foiz), 7 bemor qolgan;
  • Jizzax viloyatida — 3 ta holat, 3 bemor sog‘aygan (100 foiz);
  • Qashqadaryo viloyatida — 6 ta holat, 6 bemor sog‘aygan (100 foiz);
  • Navoiy viloyatida — 17 ta holat, 2 bemor sog‘aygan (12 foiz), 15 bemor qolgan;
  • Namangan viloyatida — 246 ta holat (+6), 202 bemor sog‘aygan (84 foiz, 4 ta o‘lim), 44 bemor qolgan;
  • Samarqand viloyatida — 214 ta holat (+10), 103 bemor sog‘aygan (+9, 48 foiz, 1 ta o‘lim), 111 bemor qolgan;
  • Sirdaryo viloyatida — 33 ta (+2) holat, 14 bemor sog‘aygan (42 foiz), 17 bemor qolgan;
  • Surxondaryo viloyatida — 44 ta holat, 40 bemor sog‘aygan (91 foiz), 4 bemor qolgan;
  • Farg‘ona viloyatida — 158 ta holat, 156 nafari sog‘aygan (99 foiz, 1 ta o‘lim), 1 bemor qolgan;
  • Xorazm viloyatida — 233 ta holat, 210 bemor sog‘aygan (90 foiz), 23 bemor qolgan;
  • Toshkent viloyati va Toshkent shahri — 929 ta holat (+44), 635 bemor sog‘aygan (68 foiz, 5 ta o‘lim), 202 bemor qolgan.