13 may kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining videokonferensiya shaklidagi uchrashvida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, SHHT tashqi siyosat idoralari rahbarlari tashkilot doirasidagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlikning borishini muhokama qiladilar, yangi koronavirus infeksiyasi (COVID-19) pandemiyasi sharoitidagi hamkorlikning holati va istiqbollari bo‘yicha fikr almashadilar.

Shuningdek, SHHT tomonidan Afg‘onistondagi siyosiy vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashish masalalari ham alohida ko‘rib chiqiladi, deyiladi xabarda.