Toshkent shahar IIBB “Qanotchi” restoranining ochilishi sinov maqsadida bo‘lganligini ma’lum qildi.

Ma’lumot berilishicha, “Qanotchi” restoranida umumiy ovqatlanish joylarining sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga rioya qilgan holda ishlash imkoniyatini o‘rganish maqsadida sinov o‘tkazilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

SEX xizmatlari ishchilari bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan sinov haqida Toshkent shahar IIBB xabardor qilingan bo‘lgan.

Umumiy ovqatlanish joyi dezinfeksiya moslamasi, mijozlar stollarini ajratib turuvchi himoya ekranlari bilan jihozlanib, SEOM bosh shifokori M. Qutratxodjayevaning sharhida qayd etilganidek, “…ishlab chiqilgan xavfsizlik choralari rejasiga rioya qilayotgan edi”, deyiladi IIBB xabarida.

Sinov natijalari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma’lum qilinib, umumiy ovqatlanish joylari faoliyatini tiklash masalasi o‘rganiladi va uzil-kesil qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Toshkent shahar hokimligi ham ushbu vaziyat yuzasidan sharh berib, sinov o‘tkazilganligi va restoran yopilganligi haqida ma’lumot berdi.

“Eksperiment doirasida Qanotchi restorani ma’muriyati o‘z hisobidan ovqatlanish zalini SEOM me’yorlari asosida jihozlab, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdi va mehmonlarni zalda joylashtirish, ularga xizmat ko‘rsatish va kiritish bo‘yicha barcha belgilangan choralarni ishlab chiqdi”, — deyiladi hokimiyat xabarida.

Qanotchi restorani 10 maydan boshlab mehmonlarni qabul qilishni boshlaganligi haqida xabar bergan edi. Restoran rahbariyati “faoliyat barcha sanitariya-epidemiologik normalarga asoslangan holda amalga oshiriladi”, deya ta’kidlagan edi. Ushbu vaziyat yuzasidan jamoat muhokamalari kuchaygandan keyin, restoran ushbu xabarni o‘chirdi. Keyinroq, restoran sinov tariqasida ochilgani haqida ma’lumot berildi, lekin birinchi xabarda bu haqda aytilmagan edi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Oldinroq, ijtimoiy tarmoqlarda “Qanotchi” restorani karantin qoidalari amal qilishi tugatilmaganiga qaramasdan o‘z faoliyatini davom ettirishni boshlaganligi haqida ma’lumotlar tarqagan edi.