11 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2486 nafarни tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Kun davomida 68 ta yangi holat qayd etildi. Bu — bir kun avvalgi ko‘rsatkichdan (69) bittaga kam demakdir.

Shu bilan birga, kun davomida koronavirusdan 107 kishi sog‘ayib, jami tuzalganlar 1988 nafarga yetdi. Sog‘aygan va vafot etganlardan (10) tashqari, jami 488 nafar bemor davolanmoqda.