Mixail Saakashvili Ukraina islohotlar qo‘mitasi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy qaror chiqargan.

“Mixail Nikolozovichni yangi mas’uliyatli chaqiriq bilan tabriklayman. Ishonamanki, u Islohotlar bo‘yicha milliy kengashga yangi kuch olib keladi va mamlakatimizda muhim o‘zgarishlarni amalga oshirishda yordam beradi” — deya uning so‘zlarini keltiradi Ukraina prezidenti matbuot xizmati.

Oldinroq, Ukraina prezidenti Saakashviliga islohotlar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari lavozimini taklif qilgan edi. Lekin uning nomzodi mamlakat parlamentida eng ko‘p o‘rinlarni egallagan “Sluga naroda” partiya fraksiyasi a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan edi. Ushbu partiya prezident Vladimir Zelenskiyning partiyasi hisoblanadi.