O‘zbekiston hukumati xorijiy mamlakatlardan qiyin vaziyatlarda qolib ketgan yana 11 ming fuqaroni qaytarish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni vedeseloktor yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Ko‘plab mamlakatlarda O‘zbekiston fuqarolarining qolib ketganidan xabardormiz. Imkoniyatlarimizdan kelib chiqqan holda ularni baribir qaytirishimiz kerak. Bu buni amalga oshirishni boshladik. Rossiya, Turkiya, Dubay va boshqa joylardan [fuqarolarni olib kelishni] rejalashtirmoqdamiz. Ularning 11 ming nafari qiyin ahvolda qolgan. Biz birinchi navbatda ularni qaytarish bo‘yicha choralarni amalga oshiramiz”, — deya ma’lum qildi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev olib kelinayotganlar orasida koronavirus holatlari aniqlanayotganiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Lekin barcha bilishi kerakki, olib kelinayotganlar orasida ko‘plab kasallik holatlari aniqlanmoqda. Shuni hisobga olib, biz juda ehtiyotkor bo‘lishmiz kerak. Biz ular va ularning qarindoshlarigi nisbatan barcha zarur choralarni ko‘ramiz”, — dedi u.

Avvalroq bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov chegaralar to‘liq yopilmagani, mamlakatga har kuni xorij davlatlaridan 500−600 fuqaro kirib kelayotganini (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston orqali) ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning barchasi uyushgan holda karantinga joylashtirilmoqda. U koronavirus asosan karantindagilar orasida aniqlanayotganini ham ta’kidlab o‘tgan edi.